Sotuv dasturi
Oshxona, restoran va do'konlar uchun to'liq sotuv tizimi. Mijoz Telegramdan yoki saytdan buyurtma beradi — oshxona chekni oladi, kuryer kartada ko'rinadi, siz esa hamma narsani bir joyda boshqarasiz.
Uchalasi bitta bazada ishlaydi: menyuni bir marta to'ldirasiz, u hamma joyda bir vaqtda yangilanadi.
Mijoz hech narsa o'rnatmaydi — botni ochadi va buyurtma beradi. O'zbekistonda Telegram deyarli hammada bor.
Bot ichida ochiladigan to'liq ilova. Ko'rinishi va tezligi mobil ilovadan farq qilmaydi, lekin mijoz uni yuklab olmaydi.
Telegramdan tashqarida ham savdo qilasiz. O'z domeningizni berasiz (masalan dokonim.uz), sayt o'sha manzilda ochiladi.
Hammasi brauzerdan — alohida dastur o'rnatish shart emas.
Uchta tarif. Narx boshida bir marta to'lanadi — keyin har oy faqat server uchun kichik to'lov. Tarifni keyin ham almashtirish mumkin.
Do'koningiz haqida so'rayman va nima kerakligini aniqlaymiz.
Bot, menyu, filiallar va xodimlar — hammasini men tayyorlab beraman.
Xodimlaringizga ko'rsataman, keyin ham yordam beraman.